Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIB Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.Q. Navoiy shahar, “Tinchlik” qoʻrgʻonidagi 47 sotix zaxiradagi yer maydonini fuqaro S.O.ga firibgarlik yoʻli bilan 220 mln soʻmga sotishga kelishib, goʻyoki kadastr boʻlimida ishlovchi tanishlari yordamida hujjatlarni rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, oldindan 6 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.