Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.R. Andijon shahar, “Oʻrikzor” MFYdagi 14 sotix zaxiradagi yer maydonini fuqaro Sh.T.ga goʻyoki oʻziga tegishli ekanligini aytib, ushbu yer maydonini firibgarlik yoʻli bilan sotishga kelishib, 40 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Guliston tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro G.A. boshqa bir fuqaro Z.E.ga oʻzini broker deb tanishtirib, unga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Boyovut tuman hokimligi zaxirasidan 6,7 gektar yer maydonini dehqon xoʻjaligi va chorvachilik uchun “E-auksion”dan yutib berish evaziga 4 500 AQSH dollari va 3 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.