Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar qildi.
Milliy jamoa Kanadaga qarshi bahsdan so‘ng navbatda Niderlandiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv 8 iyun kuni Icahn Stadium stadionida bo‘lib o‘tadi. Bellashuvning boshlanish vaqti — 23:45.
Qayd etilishicha, mazkur bahs O‘zbekiston terma jamoasi uchun jahon chempionati oldidagi so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvlaridan biri bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 1 iyun kuni milliy terma jamoamiz mundial mezboni Kanadaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu bahs Kanadada bo‘lib o‘tadi.