Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Xususan, Oʻzbekistondan Suriyaning Halab shahriga mahalliy elektrotexnika mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha hamkorlik kelishuvlari mavjud.

Ushbu sheriklik aloqalarini rivojlantirish maqsadida joriy yil iyun oyida Oʻzbekistonning Suriyadagi elchixonasi tomonidan Suriyaning “Kalash Trading” kompaniyasi rahbari Ahmad Kalashning Toshkent shahriga tashrifi tashkil etildi.

Tashrif doirasida oʻtkazilgan muzokaralar yakuniga koʻra, Toshkent viloyatidagi «Premier Electrotech» qoʻshma korxonasi va Suriya kompaniyasi oʻrtasida umumiy qiymati 5 million AQSH dollariga teng eksport shartnomasi imzolandi.