Bugun mazkur bahs oldidan har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda uchrashuvni tashkil etish bilan bog‘liq bir qator masalalar muhokama qilinib, ishtirokchilarga tegishli tushuntirish va eslatmalar berildi.

Maʼlum qilinishicha, bahsda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari toʻliq oq libosda harakat qiladi. Darvozabon esa yashil libosda maydonga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Oʻzbekiston — Kanada oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvi 2 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00da “Commonwealth” stadionida boshlanadi.