Bugun uchrashuv oldidan FIFA vakillari hamda har ikki jamoa rasmlari ishtirokida texnik yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda oʻyinni tashkil etish, reglament va boshqa tashkiliy masalalar yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berildi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari maydonga toʻliq oq libosda, darvozabon esa toʻq sariq libosda tushishi maʼlum qilindi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston – Kolumbiya uchrashuvi 18-iyun kuni Mexiko shahridagi «Mexico City» stadionida boʻlib oʻtadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanadi.