Vyetnam U-23 — Oʻzbekiston U-23 0:2
Gollar:
Muhammadali Oʻrinboev — 5-daqiqa
Nurlan Ibraimov — 67-daqiqa
Ravshan Haydarov shogirdlari shu tariqa guruh bosqichidagi uchala uchrashuvda ham gʻalaba qozondi.
Oʻzbekistonlik futbolchilar dastlabki turda Filippinni 5:1, ikkinchi turda esa Kuvaytni 2:0 hisobida magʻlub etgan edi. Kuvayt ustidan qoʻzoniilgan gʻalabadan soʻng jamoa chorak final yoʻllanmasini muddatidan avval qoʻlga kiritgan.
Uchta uchrashuvdan 9 ochko jamgʻargan Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi «S» guruhini peshqadam sifatida yakunladi. Jamoa endi musobaqaning pley-off bosqichida ishtirok etadi.