Muloqot davomida Xitoy-Oʻzbekiston hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining koronavirusning turli variantlarga qarshi himoyasi toʻgʻrisida olingan ilmiy natijalar haqida soʻz bordi.

Tekshiruv natijalari haqida ikkita ilmiy maqola tayyorlangan boʻlib, maqolalarda muzkur ikkita tadqiqotlar ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi Covid-19 virusining ayni vaqtda dunyoda tarqalgan afrikancha (501Y.V2) va britancha (D614G) variantlaridan himoya qila olishini tasdiqlangani aytilgan.

Muloqot davomida hozirda olimlar Hindistondan tarqalgan delta-variant ustida ham tadqiqotlar olib borayotganlari, bu haqda maqola hali chop etilmagani, ammo natijalar ijobiy boʻlayotgani haqida fikr almashdilar. Laboratoriya tekshiruvlari vaksinatsiyalangan odam zardobi ham, hayvonlar zardobi ham delta variantga qarshi himoyalanganini namoyon etgan. Ayni paytda maʼlumotlar tasniflanmoqda va maqola yaqin kunlarda chop etilishi kutilmoqda.

Maʼlumot uchun, shuni taʼkidlash joizki, hozirgacha Xitoyda 90 million aholi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlangan. Ularning aksariyati vaksinaning birinchi va ikkinchi dozalarini olishgan. Shu paytgacha mazkur vaksina bilan emlanganlar orasida koronavirusga chalinganlar aniqlanmagan.