Fazoviy kema Marsning shimoliy tekisliklarini – Vastitas Borealis deb nomlanuvchi hududni o'rgandi. Tadqiqotchilar qadim zamonlarda u yerda tuzli hovuz bo'lgan deb taxmin qilishgandi, ammo bu faraz uchun hech qanday dalil yo'q edi.

2021-yilda Marsga yetib kelgan Zhurong marsoxodi Utopiya tekisligiga qo'ndi va qirg'oq chizig'i tomon harakatlandi. Bu vaqt ichida u 1921 metr masofani bosib o'tdi va turli asboblar yordamida atrof-muhit haqida ma'lumot to'pladi. Shunday qilib, u 106 ta panoramali tasvirlarni uzatdi, bu esa atrofdagi jinslarning tuzilishini yaxshi o'rganishga imkon berdi.

Xitoy Geologiya universiteti olimlari tasvirlarni o'rganib chiqib, tog' jinslari oddiy vulqon yoki qumli jinslardan sezilarli darajada farq qiluvchi qatlamli tuzilmalarga ega ekanligini aniqladi. Ular yerdagi dengizlarning sayoz qirg'oqlarida zaif to'lqin oqimlari paytida yuzaga keladigan qatlamlarga juda o'xshash bo'lib chiqdi.

Taxmin qilish mumkinki, uning qadimgi okeanlarida suv to'lqini juda zaif bo'lgan, deb xabar beradi mir24.tv.