Turkiyaning janubi-sharqiy hududlarida Oʻzbekistondan kelgan qutqaruvchilar guruhi oʻz ishini faol davom ettirmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasining Turkiyadagi Elchixonasi xodimlari guruhi ham zilzila oqibatlaridan zarar koʻrgan hududlarga yoʻnaltirilgan boʻlib, oʻzbekistonlik qutqaruvchilar ishini muvofiqlashtirmoqda.

"Zilziladan jabrlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini aniqlash va ularni evakuasiya qilish maqsadida Elchixonamizda turilgan tezkor shtablar faoliyat yuritmoqda. Tezkor aloqa raqami (+905380358534)ga fuqarolarimizdan kelib tushayotgan murojaatlar asosida bedarak yoʻqolgan hamda yordamga muhtoj vatandoshlarimiz roʻyxati tuzilib, Turkiyaning mutasaddi tashkilotlari bilan qidiruv-qutqaruv va evakuatsiya ishlari muvofiqlashtirib borilmoqda.

Zilzila vaqtida hujjatlari yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun tegishli konsullik xizmatlari Elchixonamiz va Bosh konsulxonamizda soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi" deyiladi Oʻzbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi xabarida.