O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva mazkur sammitda ishtirok etib, nutq so‘zlaydi.
Ikki kun davom etadigan ushbu anjuman 100 dan ortiq davlat vakillarini bir maydonga jamlaydi. Jumladan, BMT, JSST, Xalqaro bolalar onkologlari jamiyati, Yevropa onkologiya maktabi va boshqa xalqaro tashkilot vakillari, qator davlatlarning sog‘liqni saqlash sohasi rahbarlari, shuningdek, olimlar, mutaxassislar hamda jamoatchilik faollari ishtirok etadi.
Sammit doirasida bolalar salomatligi, ta’limi, ijtimoiy himoyasi va xavfsizligiga investitsiyalarni kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi.