Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur holat fosh etilgan.

Maʼlum boʻlishicha, soliq inspeksiyasi bosh inspektori X.Sh. YATT “T.M.”ning 1,4 mln soʻmlik soliq qarzdorligini 17 mln soʻm deb koʻrsatgan. U tadbirkorga qarzdorlikni toʻlamasa, bu haqda tegishli idoralarga maʼlum qilishini aytgan.

Shundan soʻng X.Sh. 9 mln soʻm bersa, yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali ushbu qarzdorlikni yoʻq qilib berishini vaʼda qilgan. U 2 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan, qolgan 7 mln soʻmni esa Jizzax shahar soliq inspeksiyasi binosi oldida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.