«Ishsiz fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida kunlik ish qidirish imkoniyatini beruvchi «Job cafe», xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlik holatlarini oldini olishga qaratilgan «Najot», nogironligi bor shaxslar uchun surdo tarjima imkoniyatini beruvchi mobil dasturlar ishlab chiqildi.

Shuningdek, «Zo'rlik ishlatishdan jabr ko'rgan ayollarni reabilitatsiya qilish markazlarini (shelterlarni) samarali boshqarish va yuritish: Shvetsiya tajribasi» mavzusida shvetsiyalik mutaxassislar ishtirokida onlayn seminarlar o'tkazildi.

Bunda eng asosiy e'tibor mazkur markazlarda yashayotgan xotin-qizlar bilan ishlash, ularni hayotga qayta ruhlantirish va jamiyatda o'z o'rnini topishida Shvetsiya davlatidagi mavjud eng yaxshi tajribalarni amaliyotga joriy etishga qaratildi».