Muammolari yechilmagani sababli takroriy murojaat qilgan Qarshi shahar fuqarolari bilan uchrashuv masʼullar uchun qattiq oʻtdi.

“Bugungi siyosatni tushunmagan, aholi murojaatlariga befarq qaragan rahbarlar va masʼullar jazosiz qolmaydi, – dedi Zoyir Mirzayev. – Shaharda yangi «murojaatlarni yechish zanjiri” (tahr. – rahbarga, oʻrinbosarga, boʻlim boshligʻiga, mutaxassisga va yana qaytib murojaatchi yashaydigan mahallaga qaytib boradigan egasiz tizim) paydo boʻlibdi. Hamma befarq rahbarlar oʻrganib chiqiladi».

Qarshi shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari Gʻayrat Sultonov unga murojaat qilgan fuqaroning murojaatini 1 yil davomida eʼtiborsiz qoldirib kelmoqda.

Buning oqibati oʻrinbosarga qimmatga tushadigan boʻldi. U endi fuqaroni sarson qilgani uchun 3 oylik ish haqisini oʻtkazib beradi.

Shuningdek, viloyat hokimligining huquqshunosi Nuriddin Rahmatov ham fuqarolar murojaatiga befarq qaragani uchun “hayfsan” oldi.