Jumladan, endilikda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi qoshida jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatadi hamda unga mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari rahbarlik qiladi.

(Ilgari mazkur komissiya Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi qoshida faoliyat yuritgan)

Shuningdek, Prezidentning tegishli qaroriga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, profilaktika inspektorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.

(Ilgari tegishlicha viloyat bosh boshqarmalari boshliqlari tomonidan amalga oshirilgan)

Bundan tashqari, profilaktika katta inspektori (ushbu lavozim mavjud boʻlmaganda profilaktika inspektori) fuqarolar yigʻini raisining huquq-tartibot masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasini bajaradi.