Toshkentda 2021-yil 6-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Saylov faqat siyosiy emas, balki ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy jarayon, ayni vaqtda, jiddiy sinov maqomidagi bir tadbirki, unda saylanuvchilar ham, saylovchilar ham fikriy salohiyat, jonajon Vatanimiz istiqboli, o'z xalqi baxtu iqboli borasida qayg'urish, muxtasar aytganda, vatanparvarlik, xalqparvarlik, shuningdek, saylash va saylanish madaniyati nuqtai nazaridan katta bir imtihondan o'tadi. Bu yilgi O'zbekiston Prezidenti saylovi shu jihatlari bilan ham alohida diqqatga sazovor tarixiy voqea bo'ldi.
2021-yil 24-oktyabrda boʻlib oʻtgan Prezident saylovlari xalqimizni ertangi kuniga befarq emasligini butun dunyoga koʻrsatib qoʻydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga uning joriy yil 24-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan Prezident saylovida gʻalaba qozongani munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda davlatimiz rahbariga mustahkam sogʻlik, omonlik va muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot hamda farovonlik tilaklari bildirilgan.
2021-yil 29-oktyabrda Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini xalqaro kuzatuv natijalarining dastlabki sarhisobi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-oktyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan telefon orqali muloqot qildi.
2021-yil 25-oktyabrda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Prezident saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan vitse-prezident Xaydi Xautala boshchiligidagi Yevropa parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
AQSH davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays matbuotga bayonot berib, unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalariga izoh berdi.
2021 yil 25 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalarini e’lon qildi.