Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 7-oilaviy poliklinikada “Elektron poliklinika” axborot tizimining takomillashtirilgan yangi talqini pilot tariqasida ishga tushirildi.
Uning yordamida fuqarolar oʻzlari uchun qulay vaqtda uyidan chiqmasdan shifokor qabuliga yozilishi, shifokor va muassasa haqida maʼlumot olishi mumkin.