Isroil Suriya qurolli kuchlari Bosh shtabi binosiga zarba berdi

    Isroil Suriya qurolli kuchlari bosh shtabiga yana hujum qildi, deya xabar bermoqda Syria TV.

    “Isroil bosqinchi samolyotlari Damashqdagi Bosh shtab binosiga ikkinchi bor zarba berdi”, deb xabar berdi telekanal va portlash efirda namoyish etildi.

    Bundan biroz oldin SAXAL o'z kirish darvozasiga hujum uyushtirilganini e'lon qildi.

    Isroil Mudofaa vaziri Israel Kats chorshanba kuni Suriya hukumati mamlakat janubidagi Suvayda hududidagi druzlar jamoasiga hujum qilishni to'xtatmasa, “og'riqli zarbalar” berilishi bilan tahdid qildi.

    Druzlar — Yaqin Sharqdagi arablarning etno-konfessiyaviy guruhi bo'lib, ular druzizmga e'tiqod qilishadi.

    Druzlar bilan to'qnashuv

    Yakshanba kuni Suriya janubidagi Suvayda viloyatidagi druzlar aholi punktlariga qurolli to'dalar tomonidan hujum uyushtirilgani va uni Damashq bilan bog'lovchi avtomobil yo'li to'sib qo'yilgani haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi. Druzlarning o'zini-o'zi mudofaa bo'linmalari tinch aholini himoya qilish uchun jangga kirishdi.

    Seshanba kuni Damashq jabrlangan hududlarga qo'shinlar va Ichki ishlar vazirligi kuchlari kiritilganini e'lon qildi. Operatsiyadan maqsad noqonuniy tuzilmalarni yo'q qilish ekanligi aytilgan. Shiddatli janglar davom etmoqda.

    Suriya Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, to'qnashuvlar chog'ida 30 dan ortiq odam halok bo'lgan, 100 dan ortiq kishi yaralangan, Suriya o'tish davri hukumatining 20 nafar jangarisi ham halok bo'lgani e'lon qilingan.

    Rasmiylar mojaro tomonlarini hamkorlikka va vazminlikka chaqirib, vaziyatning yanada avj olishi tinch aholi azobini yanada oshirishini ta'kidladi.

    Chorshanba kuni Isroildagi druzlar jamoasi yetakchilari hukumat kuchlari hujumiga uchragan suriyalik dindoshlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida ommaviy ish tashlash e'lon qilishdi, deb xabar beradi ria.ru.