Kambodjaning zarbalari tufayli Tailandda 15 kishi halok bo'ldi, 46 kishi yaralandi

    Tailandda Kambodja bilan chegaradagi harbiy harakatlar oqibatida 15 kishi halok bo'ldi, 46 kishi yaralandi, deb xabar berdi Tailand Sog'liqni saqlash vazirligi.

    Tailand Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Surin viloyatida besh kishi, Sisaketda to'qqiz kishi, jumladan, bir askar, Ubonratchatxani viloyatida bir nafar mahalliy aholi halok bo'ldi.

    Tailand va Kambodja o'rtasidagi taranglik may oyi oxiridan, bahsli hududdagi otishmada kambodjalik askar halok bo'lganidan keyin kuchaygan. Kambodja chegaradagi mojaroni hal qilish uchun Xalqaro sudga murojaat qilish niyatida ekanligini ma'lum qildi, biroq Tailand bu harakatni qo'llab-quvvatlamadi.

    24-iyul kuni ertalab Kambodja va Tailand chegara hududiga “Grad” ko'p uchiruvchi raketa tizimlari va samolyotlari yordamida zarbalar berishdi.

    Tailand Sog'liqni saqlash vazirligi avvalroq Pnompenning zarbalari oqibatida 11 tinch fuqaro va bir askar halok bo'lgani haqida xabar bergan edi. Kambodja Tailandni harbiy harakatlarni to'xtatishga va qo'shinlarini olib chiqishga chaqirdi, deb xabar beradi vesti.ru.