Nizomga ko‘ra, fuqaro ro‘yxatdan o‘tgan hududidan qat’i nazar, mamlakatning istalgan hududidagi birlamchi uy-joy bozoridan ipoteka krediti asosida xonadon sotib olishi mumkin.
Subsidiya olish uchun ariza Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali topshiriladi.
Ariza beruvchilarni baholashda ularning amalda davlat tibbiyot muassasasida ishlayotgani hamda shu tizimda kamida 15 yillik ish stajiga ega ekani tasdiqlanishi lozim.
Qarorga muvofiq, subsidiya bir oilaga (er yoki xotindan biriga) faqat bir marta ajratiladi.
Tanlov to‘liq onlayn tarzda o‘tkaziladi. Belgilangan mezonlarga to‘liq javob bergan nomzodlar orasidan har chorakda ajratilgan kvota doirasida 125 nafar g‘olib avtomatik tasodifiy tanlash tizimi — random.org orqali aniqlanadi.
Subsidiya ajratilgani haqida xabarnoma olgan g‘olib uy-joyni ipoteka krediti asosida xarid qilish uchun qurilish (pudrat) tashkiloti bilan birlamchi shartnoma tuzadi.
15 yillik stajga ega ayrim tibbiyot xodimlariga uy-joy uchun subsidiya beriladi
Hukumatning 2026 yil 12 iyundagi 310-son qarori bilan davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash tartibi tasdiqlandi.
Özbekistonda yöllarda mobil radarlar uçun maxsus belgilar örnatmaslikka ruxsat berildi
- Qoraqalpoğistonda kuvaytlik şifokorlar iştirokida 187 ta bepul operatsiya ötkazildi
- Urganç davlat universitetida 400 örinli yangi sport majmuasi va futbol maydonining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi
- Isitiş mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli böyiça baʼzaviy meʼyor 5 barobarga oşiriladi — 500 kub metr
- Samarqand “Samarkand Marathon Series 2026” marafoniga mezbonlik qiladi
- Rossiyaning Uzoq Şarq mintaqasida oğir vaziyatga tuşib qolgan Özbekiston fuqarolari Vatanga qaytarildi