Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-86-son Farmoniga muvofiq, Abduqodirov Abdulla Mamasaatovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Abdulla Abduqodirov iqtisodiyot sohasida katta tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi, iqtisodiyot fanlari doktori. 2022-yildan buyon Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.