Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi jami 11 ta medalni qo‘lga kiritdi:
- 2 ta oltin
- 3 ta kumush
- 6 ta bronza
Bu natija mamlakat yoshlarining xalqaro maydondagi bilim va salohiyati yuqori ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Ma’lumot uchun: mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda g‘oliblarga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:
— oltin medal sohibi — 4,944 mln so‘m, o‘qituvchisi — 20,6 mln so‘m
— kumush medal sohibi — 3,296 mln so‘m, o‘qituvchisi — 14,42 mln so‘m
— bronza medal sohibi — 2,472 mln so‘m, o‘qituvchisi — 12,36 mln so‘m
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy xalqaro olimpiada sovrindorlari oliy ta’lim muassasalariga kirishda o‘z fanidan maksimal ballga ega bo‘ladi.