Bu haqda Oila va xotin-qizlar qömitasi axborot xizmati maʼlum qildi.

Yangilangan tartibga köra, «Ayollar daftari» jamğarmasi hisobidan jarrohlik amaliyotisiz davolaniş xarajatlari uçun BHMning 50 baravarigaça — 22 million sömgaça mablağ ajratiladi.

Tibbiy körikdan ötiş xarajatlari uçun esa BHMning 10 baravarigaça — 4 million 400 ming sömgaça yordam körsatilişi belgilandi.

Avvalgi tartibda jarrohlik amaliyotlari xarajatlari Davlat tibbiy suğurtasi şartnomasida belgilangan bazaviy narxlar doirasida qoplangan bölsa, endi bemor qaysi tibbiyot muassasasida davolanişidan qatʼi nazar, u taqdim etgan şartnomada körsatilgan summa töliq qoplab beriladi.

Yangi tartibda yana bir muhim özgariş bor. Tuman va şahar ştablari ajratilgan mablağlar doirasida nafaqat «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»da bölgan yoki daromadi belgilangan toifaga tuşadigan, balki kambağallikka tuşib qoliş xavfi mavjud bölgan va boşqa ehtiyojmand oilalarga ham tibbiy yordam körsatiş haqida qaror qabul qilişi mumkin.

Buning uçun yaşaş joyingizdagi mahalla xotin-qizlar faoliga ariza bilan murojaat qilişingiz lozim.