Bu haqda Migratsiya agentligi maʼlum qildi.

Agentlik tomonidan xorijda mehnat qilayotgan yurtdoşlarimizning iş haqi, hujjatlar va mehnat faoliyati bilan boğliq murojaatlari körib çiqildi. Natijada yuzlab fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklaşga yordam berildi.

Iş haqi va kompensatsiyalarni undiriş bilan boğliq holatlar davlatlar kesimida quyidagiça taqsimlangan:

  • Rossiya — 533 ta;
  • Turkiya — 155 ta;
  • Janubiy Koreya — 92 ta;
  • boşqa davlatlar — 37 ta.

Şuningdek, 532 nafar fuqaroning şaxsini tasdiqlovçi hujjatlari vositaçilar va xorijiy iş beruvçilardan qaytarib olindi.

Bu boradagi murojaatlarning asosiy qismi Rossiya va Turkiya hissasiga töğri kelgan. Xususan, Rossiyada 331 ta, Turkiyada 185 ta, Qozoğistonda 11 ta va Janubiy Koreyada 5 ta holat böyiça fuqarolarning hujjatlari qaytarilgan.

Migratsiya agentligi xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarni qiyin vaziyatlarda yordam sörab murojaat qilişga çaqirdi.

Murojaatlar uçun:

  • 1282 — işonç telefoni;
  • @huquqiy_yordam_uzbot — Telegram boti. Murojaatlarni 24/7 yuboriş mumkin.

Xorijda iş haqi berilmasligi, şaxsni tasdiqlovçi hujjatlarni qaytarişdan boş tortilişi yoki mehnat huquqlari buzilişi kabi holatlarda tegişli idoralarga murojaat qiliş tavsiya etiladi.