Mazkur tartib Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 31-oktyabrda 3966-son bilan davlat röyxatidan ötkazilgan hujjatda belgilangan.

Yangi tartib kimlarga tatbiq etiladi?

QQS summalarini özaro hisobga oliş imkoniyati quyidagi toifadagi tadbirkorlik subyektlariga beriladi:

  • Yirik soliq tölovçilar böyiça hududlararo soliq inspeksiyasi maʼmurçiligidagi korxonalar;
  • işlab çiqariş ehtiyojlari uçun xom aşyo va butlovçi qismlarni import qiluvçi elektrotexnika sanoati korxonalari;
  • tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida «BBB» va undan yuqori toifaga ega tadbirkorlar. Bunda davlat korxonalari hamda ustav kapitalida davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan yuridik şaxslar mustasno;
  • xavf darajasi past bölgan va QQS tölovçisi guvohnomasi faol taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari.

Jarayon qanday amalga oşiriladi?

Tadbirkor import uçun bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etiş jarayonida QQSni soliq organidagi ortiqça tölovi hisobidan özaro hisobga oliş istagini bildiradi.

Buning uçun bojxona yuk deklaratsiyasining 47-grafasidagi «TU» ustunida «VZ» harfli kodi körsatiladi.

Şundan söng Bojxona qömitasi axborot tizimlari orqali Soliq qömitasiga sörov yuboradi. Soliq qömitasi soliq tölovçining şaxsiy hisobvarağida import uçun tölanişi lozim bölgan QQSni qoplaşga yetarli ortiqça tölov mavjudligini real vaqt rejimida avtomatik tekşiradi.

Tasdiqlangan summa böyiça Bojxona va Soliq qömitalari örtasida özaro hisobga oliş dalolatnomasi axborot tizimida avtomatik şakllantiriladi.

Qanday hollarda uşbu imkoniyatdan foydalanib bölmaydi?

Agar soliq tölovçida soliq qarzi yoki soliq xavfi summalari mavjud bölsa, şuningdek, unga nisbatan soliq nazorati tadbirlari ötkazilayotgan bölsa, belgilangan tartibda özaro hisobga oliş amalga oşirilmaydi.

Bunda soliq qarzi mavjud bölgan holatlarda, tegişli qarz summalari çegirilgandan keyin ortiqça tölovning qolgan qismi hisobga olinişi mumkin.

Mazkur mexanizm tadbirkorlik subyektlarining aylanma mablağlaridan samarali foydalaniş, import operatsiyalarida QQS tölovlarini soddalaştiriş hamda bojxona va soliq organlari örtasidagi elektron hamkorlikni rivojlantirişga xizmat qiladi.