Bu haqda "Oʻzgidromet" rahbari ogohlantirdi.
Maʼlum qilinishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarining baʼzi joylarida shamol tezligi sekundiga 13–18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda.
Ayrim hududlarda kuchli shamol chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida ham shamol tezligi 12–15 metr/soniyagacha kuchayishi, baʼzi joylarda esa chang-toʻzon kuzatilishi prognoz qilingan.
Aholidan ehtiyot choralariga rioya qilish soʻralmoqda.