Bu haqda BMTning Iqlim özgarişi böyiça 31-konferensiyasi (UNFCCC COP31) doirasida Özbekiston milliy pavilyonida ötkazilgan tadbirda maʼlum qilindi.
«Özbekistonda örmon barpo etiş va landşaftlarni tiklaş kölamini kengaytiriş: yuqori ekologik yaxlitlikka ega uglerod bozorlari, iqlimiy moliyalaştiriş va davlat-xususiy şeriklik» mavzusidagi tadbirda degradatsiyaga uçragan yerlarni tiklaş, örmonzorlar barpo etiş va uglerodli moliyalaştiriş mexanizmlari orqali xususiy investitsiyalarni jalb qiliş masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda sözga çiqqan Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi huzuridagi Barqaror rivojlaniş böyiça davlatlararo komissiyaning Ilmiy-axborot markazi direktori Uluğbek Murodov uglerod bozorlari iqlim loyihalariga investitsiya jalb qilişning muhim vositasiga aylanib borayotganini taʼkidladi.
Qayd etilişiça, çiqindilarni qisqartiriş va uglerodni yutiş natijalariga mustaqil baholaş orqali tasdiqlanganidan keyin moliyaviy qiymat beriş Özbekiston uçun muhim ahamiyatga ega. Bu xususiy kapitalni jalb qiliş, texnologiyalar transferiga kömaklaşiş va mamlakatning Parij bitimi doirasidagi majburiyatlarini bajariş imkonini beradi.
Şuningdek, 2026-yil yakuniga qadar Orolböyi mintaqasida 50 ming gektar maydonni qamrab oluvçi örmon uglerod birliklari dasturini işga tuşiriş vazifasi belgilangani maʼlum qilindi.
Davlat-xususiy şeriklikning amaliy namunasi sifatida «Acta Climate Solutions» kompaniyasi bilan hamkorlikda işlab çiqilayotgan «ACTA GREENING UZBEKISTAN» dasturi taqdim etildi.
Loyiha doirasida degradatsiyaga uçragan örmon yerlarining qariyb 50 ming gektarida daraxtzorlar barpo etiş rejalaştirilgan. Bunda hududlarni ilmiy asosda tanlaş, mahalliy şaroitga mos ekiş rejalarini işlab çiqiş, mahalliy örmon xöjaliklarini jalb etiş va raqamli monitoring tizimini joriy qiliş közda tutilgan.
Taqdim etilgan hisob-kitoblarga köra, dasturni amalga oşiriş natijasida qariyb 158 million dollar xususiy investitsiya jalb qilinişi hamda 49 yil davomida CO₂ ekvivalentida qariyb 12 million tonna uglerod birliklari hosil qilinişi kutilmoqda.
Tadbirda uglerod loyihalarining ekologik yaxlitligini taʼminlaş masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Taʼkidlanişiça, daraxt ekişning özi uglerod birliklarini oliş uçun yetarli emas. Buning uçun natijalarni şaffof hisobga oliş, işonçli bazaviy körsatkiçlarni belgilaş, iqlimiy samaradorlikning qöşimça ekanini tasdiqlaş va mustaqil verifikatsiyadan ötkaziş talab etiladi.
Şu bilan birga, loyihalarni amalga oşirişda biologik xilma-xillikni, suv resurslarini asraş va mahalliy aholi manfaatlarini hisobga oliş muhimligi qayd etildi.
«Acta Climate Solutions» kompaniyasi hammuassisi va boş direktori Paula Kirçeva «ACTA GREENING UZBEKISTAN» loyihasi, uning asosiy texnik yeçimlari, amalga oşiriş yondaşuvlari hamda iqlimiy moliyalaştiriş mexanizmlari haqida taqdimot qildi.
Bundan taşqari, Turkiya Respublikasi Qişloq va örmon xöjaligi vazirligi huzuridagi Örmon xöjaligi boş boşqarmasi Örmon barpo etiş departamenti boşliği örinbosari Axmet Yalvaç «Agroörmonçilik, bioxilma-xillik va suv resurslari» mavzusida maʼruza qildi. Unda Turkiyaning örmon xöjaligini rivojlantiriş, bioxilma-xillikni saqlaş va suv resurslaridan oqilona foydalaniş borasidagi tajribasi taqdim etildi.
Tadbirda, şuningdek, Silvanus Forestry, Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (CAREC), «Green University», Turkiyaning tegişli taşkilotlari va ORMEX kompaniyasi vakillari iştirok etdi.
Muhokamalarda sifatli köçat materiallari bilan taʼminlaş, köçatxonalarni rivojlantiriş, iqlim şaroitiga çidamli ösimlik turlarini tanlaş, şörlangan yerlarni tiklaş va suvni tejaydigan yondaşuvlarni joriy etiş masalalari körib çiqildi.
Şuningdek, raqamli monitoring, hisobot va verifikatsiya (MRV) texnologiyalaridan foydalaniş imkoniyatlari muhokama qilindi. Xususan, masofadan zondlaş, LiDAR lazerli skanerlaş, dala sensorlari va uglerod zaxiralarini baholaş tizimlarini joriy etiş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Mutaxassislar fikriça, uşbu texnologiyalar loyihalar ijrosining şaffofligini oşiriş va erişilgan ekologik natijalarni işonçli baholaş imkonini beradi.
Bunday mexanizmlarni rivojlantiriş örmonlarni qayta tiklaş böyiça milliy vazifalarni xalqaro investitsiyalar bilan uyğunlaştiriş, aholi bandligini taʼminlaş va qişloq hududlarini barqaror rivojlantirişga xizmat qilişi kutilmoqda.