Davlat xavfsizlik xizmatining viloyat boshqarmasi xodimlari Bojxona va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida tezkor tadbir oʻtkazgan.
Unda 1993-yilda tugʻilgan mahalliy fuqaro dala maydonidagi yashirin joyga narkotik kuryerlar tomonidan qoldirib ketilgan 1 kilogramm 986 gramm “gashish”ni qarindoshi orqali qabul qilib olayotgan vaqtda ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.