Ular shu orqali qizlarning u erda topadigan daromadining yarmini o‘zlashtirishni maqsad qilgan.

Shu maqsadda ayollar qizlarni «ToshkentAntaliya» yo‘nalishi bo‘yicha xorijga jo‘natish uchun poytaxt aeroportiga olib ketayotgan vaqtda Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Chust tumani hududida to‘xtatib qolingan.

Qayd etilishicha, 1990 yilda tug‘ilgan ayol muqaddam ham shu turdagi jinoyatni sodir etgani uchun sudlangan. Biroq u o‘z xatosidan tegishli xulosa chiqarmagan.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.