Bu haqda jamg‘armaning rasmiy Telegram-kanalida xabar berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, MuhammadYusuf Fahriddinov «Stony Brook» universitetida kompyuter texnologiyalari va informatika yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatning 4-bosqichida tahsil olayotgan bo‘lgan.
U o‘zining maqsadga intilishi, yuqori tayyorgarligi va tanlagan sohasiga sadoqati bilan ajralib turgan hamda jamg‘armaning namunaviy stipendiatlaridan biri sifatida e’tirof etilgan.
Ma’lum qilinishicha, jamg‘arma Tashqi ishlar vazirligi va konsullik idoralari bilan hamkorlikda holat yuzasidan barcha ma’lumotlarni aniqlash ishlarini olib bormoqda.
Marhumning jasadini Vatanga olib kelish bilan bog‘liq tashkiliy ishlar ham jamg‘arma nazoratida bo‘lib, tegishli idoralar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi kutilmoqda.