Bugun va yaqin ikki kun davomida kunduzi havo harorati 28–33 daraja, janubda 35 darajagacha, shimolda ayrim joylarda 25–27 daraja atrofida bo‘ladi. Kechasi va ertalab harorat asosan 13–18 darajani tashkil etadi.

Respublika hududining katta qismida havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Faqat 2 sentyabr kuni kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarining ayrim hududlarida, 3–4 sentyabr kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, 4 sentyabr kuni esa Toshkent viloyatining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor. 2 sentyabr kuni cho‘l hududlarida shamol ayrim joylarda 20–22 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, ba’zi vaqtlarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 4 sentyabr kuni ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Poytaxtda kechalari havo harorati 15–17 daraja, kunduzi esa 28–30 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi.