Ushbu nufuzli xalqaro anjumanda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi 175 ta davlat ichida birinchi boʻlib Milliy maʼruza bilan chiqish qildi.

Saida Mirziyoyeva Oʻzbekistonda odil sudlov, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilik profilaktikasi hamda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nutq soʻzladi.