Davlat raqam belgilarini jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham sotib olishi mumkin.
Yangi tartibga koʻra, “chiroyli” kombinatsiyaga ega davlat raqamlari faqat “AvtoRaqam” mobil ilovasi orqali taqdim etiladi. Oddiy davlat raqamlari esa “Random” — tasodifiy tanlash orqali ajratiladi.
Maʼlum qilinishicha, har ikki holatda ham davlat raqam belgilarini taqsimlash jarayoni elektron dasturlar orqali amalga oshirilib, inson omili maksimal darajada cheklangan.
Eslatib oʻtamiz, 1-yanvardan boshlab tovar-xomashyo birjasi orqali davlat raqamlarini sotish boʻyicha auksionlar hamda “chiroyli” raqamlarni oshirilgan stavkalarda berish amaliyoti bekor qilingan.
Mobil ilovani App Store yoki Play Market platformalaridan yuklab olish mumkin.