Muqaddas Ubaydullayeva Toşkent şahrida tuğilgan. 35 yoşida iş izlab Moskvaga yöl oldi. U yerda tozalaş xizmati (klining)da iş boşladi. Biroq iqlimning sovuqligi, soğliği bilan boğliq qiyinçiliklar yangi muammolarni yuzaga keltirdi. Bir kuni ona yurti va yaqinlaridan uzoqda yaşaş oson emasligidan ökinib ötirgan Muqaddasning xayolini yurtdan kelgan telefon qönğiroği buzdi. Özini mahalla xotin-qizlar faoli deb taniştirgan ayol undan hol-ahvol söradi. Muqaddas qiynalayotganini, agar munosib iş topilsa, yurtga qaytiş istagi borligini bildirdi. Xotin-qizlar faoli unga uyga qaytişi mumkinligi, iş topişda qöldan kelgança kömak körsatilişini aytdi.

U uyiga qaytdi. Mahalla idorasiga kelib, tadbirkorlik bilan şuğullaniş, tozalaş xizmati sohasida öz işini boşlaş niyatida ekanini maʼlum qildi. Muqaddas “Ayollar daftari”ga kiritildi. Mahalla raisi unga faoliyat yuritişi uçun alohida xona ajratib berdi. Öz mablağlari hisobidan zarur kimyoviy vositalar, ­çangyutkiç va buğ generatorini xarid qilib, iş boşladi.

Bu orada u turli tanlovlarda iştirok etib, ikki marta ğolib böldi. Muayyan mablağni qölga kiritdi. Uni faoliyatini kengaytiriş va zarur uskunalarni xarid qilişga yönaltirdi. Bundan taşqari, bepul biznes treninglarda iştirok etib, tadbirkorlik böyiça bilim va könikmalarini oşirdi.

Faoliyatini yanada rivojlantiriş uçun qöşimça jihozlarga ehtiyoj sezilgani bois, yaqinda masʼullar kömagida unga 24 million sömlik zamonaviy uskunalar olib berildi. Bugun Muqaddasning nafaqat bandligi taʼminlangan, balki u mustaqil daromad manbaiga ega tadbirkorga aylangan.

— Xorijda tört yildan ortiq yaşadim, — deydi Muqaddas Ubaydullayeva. — Onam yolğiz edi. Baʼzan pul jönatişga imkonim bölardi, baʼzan esa yöq. Yurtimizga qaytganimdan keyin mahalla menga har tomonlama kömak berdi. Bugun öz işim bor, mehnat qilib daromad topyapman. Menga işongan, qöllab-quvvatlagan barça insonlarga, mahalla ahliga rahmat.

Muqaddas Ubaydullayevaning hayot yöli oddiy haqiqatni yana bir bor yodga soladi: insonga öz vaqtida berilgan eʼtibor, işonç va amaliy kömak u uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçişi, hayotini yaxşi özanga burib yuborişi şubhasiz. Respublikamizda joriy etilgan noyob tizim — “Ayollar daftari” Muqaddas Ubaydullayeva kabi minglab ayollar hayotida yangi sahifa oçdi. Körsatilgan eʼtibor va kömak yordamida qançadan-qança ayollar muammolar girdobidan çiqib, öz kuçiga işonişni, orzulari sari dadil qadam taşlaşni boşladi. Zero, bir ayolning hayotidagi ijobiy özgariş oilaning butunligi, baxti, jamiyatning ertangi kuniga qöşilgan munosib hissadir.

— “Ayollar daftari” — ijtimoiy, iqtisodiy, tibbiy, psixologik yoki huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlarni aniqlaş, muammolarini hal etiş va körsatilayotgan yordamni nazorat qilişga möljallangan axborot tizimi, — deydi Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi örinbosari Mukarram Nurmatova. — “Ayollar daftari”ga 30 yoşdan oşgan xotin-qizlar yaşab turgan joyi böyiça kiritiladi. Doimiy yoki vaqtinça röyxatdan ötmaganlik daftarga kiritişni rad etiş uçun asos bölmaydi.

Daftarga kiritilgan har bir xotin-qiz uçun individual dastur işlab çiqiladi. Ehtiyoj toifasi va individual dasturga qarab işga joylaştiriş, kasbga öqitiş va bandlikni taʼminlaş, tadbirkorlikni yölga qöyiş yoki kengaytirişga kömaklaşiş, turar joy ijarasi uçun kompensatsiya, ijtimoiy uyga joylaştiriş yoki uy-joyni taʼmirlaş, tibbiy körik, davolaniş va psixologik yordam, huquqiy maslahat, hujjatlarni rasmiylaştiriş va sudga murojaat qilişda kömaklaşiş, qonunçilikda nazarda tutilgan boşqa ijtimoiy xizmatlar körsatiladi.

Ijtimoiy reyestrdagi xotin-qizlarga jarrohlik amaliyotisiz davolaniş xarajatlarida kömak körsatiladi. Jarrohlik amaliyoti xarajatlari esa davlat tibbiy suğurtasi böyiça belgilangan bazaviy narxlar doirasida qoplanişi mumkin. Daftarga kiritiliş barça yordamlarni avtomatik oliş huquqini bermaydi — yordam turi individual dastur va belgilangan mezonlar asosida aniqlanadi.

— Qaçon daftardan çiqariladi, degan haqli savol tuğilişi tabiiy, — deydi M. Nurmatova. — Xotin-qiz individual dasturdagi yordamlar töliq körsatilganda, töliq davlat taʼminotiga olinganda, öz arizasiga köra, daftarga noqonuniy kiritilgani aniqlanganda, boşqa davlatga doimiy yaşaş uçun köçib ketganda, ozodlikdan mahrum qiliş haqidagi sud hukmi kuçga kirganda, vafot etganda yoki sud tomonidan bedarak yöqolgan deb topilganda daftardan çiqariladi. Individual dasturdagi masalalar töliq hal etilmasdan turib xotin-qizni daftardan çiqariş mumkin emas.

“Ayollar daftari” Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini örganiş va hal etiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bilan joriy etilgan edi. Keyinçalik uni yuritiş tartibi takomillaştirildi. Körsatiladigan xizmatlar 23 tadan 46 taga oşirildi. Yangi tartibda 30 yoşdan oşgan xotin-qizlar işsizlik, tadbirkorlik, uy-joy, tibbiy-psixologik va huquqiy yordamga ehtiyojidan kelib çiqib, beş toifadan biriga kiritiladi.

Mazkur tizim aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qöllab-quvvatlaş borasidagi keng kölamli islohotlar bilan çambarças boğliq. Tizim dastlabki bosqiçda ança murakkab jarayonlar orqali şakllandi. Uning samarali işlaşini taʼminlaş uçun turli hududlarda oylab iş olib borildi. Asosiy vazifa kimlar “Ayollar daftari”ga kiritilişi, ularga qanday yordam körsatilişi va har bir muammoga qanday yondaşiş lozimligini aniq belgilaşdan iborat edi.

— Aslida, xotin-qizlar muammolarini manzilli örganiş tizimiga 2016-yildan boşlab asos solingan, — deydi Mukarram Nurmatova — Öşanda har bir xonadonga kirib, har bir ayol bilan alohida suhbatlaşiş, uning dardi va muammolarini tinglaş, umumiy yondaşuvdan voz keçib, individual tarzda yordam körsatiş vazifasi belgilangan edi. Şu asosda xonadonbay örganiş işlari boşlandi.

Mazkur amaliyot öz samarasini bergaç, “Ayollar daftari” tizimi joriy etildi. Har yili xonadonma-xonadon yurib, har bir oiladagi xotin-qizlar bilan suhbatlaşiş, ehtiyojlarini aniqlaş va zarur yordamni manzilli taşkil etiş amaliyoti yölga qöyildi. Bunda ayolning “Ayollar daftari”ga kiritilişi şart bölmasa-da, uning boşqa muammolarini örganiş va tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda hal etişga ham alohida ­eʼtibor qaratildi.

Bugungi kunda mazkur yönalişdagi işlar yanada kengayib, xotin-qizlar balansi şakllantirilmoqda. Bu esa har bir ayolning ijtimoiy ahvoli, ehtiyoji va imkoniyatlarini çuqur örganişga xizmat qilmoqda.

Şu nuqtai nazardan, “Ayollar daftari” tizimi joriy etilgani va yillar ­davomida takomillaşib borgani muhim ahamiyatga ega. Çunki murojaat bilan kelgan har bir ayolga har doim ham mavjud imkoniyatlar doirasida yordam körsatişning iloji bölmaydi. Mazkur tizim orqali esa aniqlangan muammolarni hal etiş uçun har yili zarur mablağ ajratilişi yölga qöyildi.

Tizimning takomillaşib borayotganini uning qamrovi va natijalaridan ham köriş mumkin. Dastlabki bosqiçlarda ayollar muammolari 50 ga yaqin turli toifa böyiça örganilgan bölsa, keyinçalik ular tizimlaştirildi. Bu esa xotin-qizlar ehtiyojlarini yanada aniq tasniflaş va yordam körsatiş mexanizmlarini takomillaştiriş imkonini berdi.

“Ayollar daftari” doirasidagi yordam yönalişlari orasida xotin-qizlar bandligini taʼminlaş eng ustuvor vazifalardan biri. Zero, ayollar bandligini taʼminlaş — şunçaki iş örinlari yaratiş emas. Bu ayolga imkoniyat beriş, salohiyatini yuzaga çiqariş, jamiyatga kuç, mamlakatga taraqqiyot bağişlaşdir. Yuqorida keltirganimiz Muqaddas Ubaydullayevaning hayot yöli bunga bir misol. Muhimi, bugun bandligi taʼminlangan ayol öz qadrini his qilgan, ertangi kunga işonç bilan qaraydi. U oilasiga nafaqat moddiy yordam beryapti, balki farzandlarining ertangi kuniga poydevor ham qöyyapti. Mehnatsevarlik, maqsad sari dadil intiliş kabi ijobiy fazilatlari bilan dilbandlariga örnak bölyapti.

Xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etiş va işbilarmonlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş ham muhim yönalişlardan biridir. Zero, köplab ayollar muayyan daromad manbaiga ega bölsa-da, öz faoliyatini kengaytiriş, yangi iş örinlari yaratiş va tadbirkorlik salohiyatini röyobga çiqariş istagida böladi.

— Tizimning dastlabki bosqiçlarida bu borada ham qator qiyinçiliklar mavjud edi, — deydi Mukarram Nurmatova. — Xususan, imtiyozli kredit oliş, banklar bilan işlaş va tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyişda xotin-qizlar turli tösiqlarga duç kelardi. Hududlarda işlaş jarayonida bu kabi muammolarni bevosita örganib, ularni bartaraf etiş çoralarini köryapmiz.

Bugungi kunda esa tadbirkorlik bilan şuğullaniş istagida bölgan xotin-qizlar uçun keng imkoniyatlar yaratilgan. Ularni moliyaviy qöllab-quvvatlaş, imtiyozli kreditlar ajratiş va faoliyatini kengaytirişga kömaklaşiş mexanizmlari takomillaştirildi.

Insonning doimiy yaşaş joyi, boşpanasi bölmasa, yegan oşi içiga tuşmaydi. Hayotning boşqa quvonçlari tatimaydi. Uysizlik, kambağallik va moliyaviy qiyinçiliklar ortidan oilaviy nizolar va ajraşişlar yuzaga kelişi bor gap. “Ayollar daftari”da bu masala ham eʼtiborsiz qoldirilmagan.

Yolğiz farzandining ham onasi, ham otasi bölişga majbur Nasiba Aşurova uçun hayot sinovlari oğir keçdi. Turmuşi buzilgaç, butunlay uysiz qolgan ayol avvaliga qarindoşlarnikida yotib yurdi. Ammo bu muammolarga yeçim bölmadi. Rözğor taşvişi, farzand tarbiyasi, tirikçilik ilinjidagi kundalik kuraş unga oğirlik qila boşladi. Buning ­ustiga ­biror işning boşini tutay desa salomatligi pand berar, işsizlik, moddiy qiyinçiliklarning çeki yöqday edi. Böka tumani “Parkent” MFY faollari bunga befarq qaramadi. Nasiba Aşurova “Ayollar daftari”ga kiritildi. Zarur yordam körsatila boşlandi. Unga yer ajratilib, möʼjazgina boşpana qurildi. Yaqinda uy taʼmiri uçun 20 million sömga yaqin mablağ yönaltirildi.

— Hayotimning oğir, yolğiz va çorasiz kunlarida umidim butkul söngan, farzandimning kelajagi haqidagi öylardan toliqqan edim, — deydi u. — Holatimdan xabar topgan mahalla faollari men bilan qiziqdi va muammolarimni tinglaşdi. “Ayollar daftari” haqida eşitganimda könglimda umid uçqunladi. Şu daftarga kiritilganim hayotimda yangi sahifa oçdi, yoruğlik bağişladi. Bugun öz boşpanamga egaman. Uyim taʼmirlandi. Farzandim soğ-salomat, bağrimda. Menga mehr körsatgan, kömak bergan barçaga rahmat.

“Ayollar daftari” tizimi orqali 6 ta bosqiçda 11 ming 264 xotin-qiz uy-joy bilan taʼminlandi. Şuningdek, minglab ayollarning uy-joyi taʼmirlab berildi. Köplab ehtiyojmand xotin-qizlarga turar joy ijarasi uçun kompensatsiya tölandi.

Bu bilan ularning munosib hayot keçirişi, xavfsiz boşpana va jamiyatda öz örniga ega bölişiga kömak berildi.

Xotin-qizlar salomatligini tiklaş, huquqiy va psixologik kömak körsatiş ham tizimning muhim yönalişlaridan. Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarda jarrohlik amaliyoti ötkazilişi va davolanişi uçun 60,7 milliard söm yönaltirildi. Şu orqali oğir xastaliklarga çalingan, davolaniş uçun moliyaviy imkoniyati çeklangan köplab ayollarning salomatligini tiklaşga kömaklaşildi.

Şahodat Tojiyeva Sergeli tumani ­“Daryoböyi” MFYda istiqomat qiladi. Ança yillardan beri öt qopidagi toş bezovta qilar, davolanişga mablaği yöqligi tufayli kasallik qarşisida ojiz edi. Eşik taqillatib, özini mahalla xotin-qizlar faoli deb taniştirgan ayol u bilan suhbatda bölgunga qadar oğriq bilan yaşadi. Şu ayol uning joniga ora kirdi. Yaşaş şaroiti bilan tanişdi, ehtiyojlari haqida söradi. Davolanişga muhtojligini bilgaç, tezda “Ayollar daftari”ga kiritdi va şifoxonaga yöllanma olişiga kömak berdi.

— Heç qayerda işlamayman, — deydi Ş.Tojiyeva. — Şu bois, davolanişga imkon topa olmayotgan edim. Yaxşi insonlar taşlab qöymadi. Şahrimizdagi eng yaxşi klinikada jarrohlik amaliyoti orqali öt qopimdagi toş olib taşlandi. Darddan foriğ böldim. Oğriq, dilxiralik ortda qoldi. Barça xarajatlar davlat tomonidan qoplab berildi. Bunday ğamxörlikni körmagan edim. Eʼtibordan baxtga töldim göyo. Bugun orzularimiz, xayollarimiz röyo emas, amalga köçganini körib turibmiz.

Hayotning muvozanati, oilaning tayançi, avlodlar kelajagi va jamiyat taraqqiyoti onalar salomatligi bilan tökis. Ayolning soğlomligi – millat boyligi. Uning dardini eşitiş va soğlom hayot keçirişi uçun imkoniyat yaratiş eng katta boylikni asraşga bölgan masʼuliyat, yuksak madaniyat, ezgulikdan nişona.

— Dastlabki yillarda hududlarda iş olib borganimizda nogironligi bölgan köplab fuqarolar hatto oddiy nogironlik aravaçasiga ham ehtiyoj sezardi, — deydi M.Nurmatova. — Bugungi kunda esa körsatilayotgan manzilli yordam tufayli ularning köplab ehtiyojlari qondirilmoqda. Reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlaş, eskirgan moslamalarni yangilaş va zarur tibbiy uskunalarni yetkazib beriş işlari izçil davom etmoqda.

“Ayollar daftari” orqali ehtiyojmand xotin-qizlarning daromad manbaini şakllantiriş maqsadida ularga dehqonçilik bilan şuğullaniş uçun yer ham ajratildi. 6 bosqiçda 38 ming 206 xotin-qizga jami 10 ming 56 gektar yer berildi.

Taʼlim oliş istagida bölgan, biroq tölov-kontrakt mablağlarini tölaş imkoniyati çeklangan xotin-qizlar ham eʼtibordan çetda qolmadi. Buning uçun jami 5 milliard 897 million söm ajratildi. Bunday yordam yoşlarning taʼlim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş, kelajakda malakali mutaxassis bölib yetişişiga xizmat qiladi.

Sayohat köngilni poklaydi, dilni ravşan etadi. U bir joydan boşqa bir joyga borişgina emas, özini qayta kaşf etiş, qalbini dam oldiriş, dunyoqaraşini kengaytiriş va hayotga yangiça nigoh bilan qaraş imkoniyatidir. 128 ming ehtiyojmand xotin-qiz mamlakatimiz böylab taşkil etilgan sayohatlarga jalb qilingani ayollarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oşiriş, yurtimizning diqqatga sazovor joylari bilan tanişişiga imkoniyat yaratdi.

Joriy yilda mahalla xotin-qizlar faollari “mahalla yettiligi” hamkorligida xonadonma-xonadon yurib, aholi, opa-singillarimizning ijtimoiy ahvoli, ehtiyoj va muammolarini çuqur örgandi. Ularning hayotiy ehtiyojlarini aniqlaş, mavjud muammolarni hal etiş maqsadida 1 million 96 mingdan ortiq anketa-sörovnoma ötkazildi. Örganişlar natijasida “Ayollar daftari”ning 7-bosqiçiga 1 million 26 ming 103 xotin-qiz kiritilib, ularning ijtimoiy muammolarini bartaraf etiş, hayot sifatini yaxşilaş hamda har bir ayolni zarur kömak bilan qamrab oliş borasida amaliy yordamlar körsatilmoqda.

Prezidentimizning 2026-yil 11-sentyabrdagi “Barqaror iş örinlarini yaratiş va kiçik biznesni jadal rivojlantiriş orqali aholi daromadlarini oşiriş ­çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoniga muvofiq, “Ayollar daftari” jamğarmasi hisobidan amalga oşiriladigan yordam va tadbirlarning yangi yönalişlari, miqdorlari, tartiblari, şu jumladan, amaldagi moliyaviy instrumentlarni taqdim etiş tartibi ham soddalaştirildi. “Ayollar daftari” jamğarmasi mablağlaridan foydalanişning yangi tartibi joriy etildi.

— Ilgari “Ayollar daftari” jamğarmasi mablağlari hisobidan daftarga kiritilgan xotin-qizlarga 11 turdagi yordam va xizmatlar körsatilgan edi, — deydi M.Nurmatova. — Endi uşbu jamğarma hisobidan 18 turdagi yordam va xizmatlar körsatilişi belgilandi.

“Ayollar daftari” şunçaki ijtimoiy röyxat emas, balki ehtiyojmand xotin-qizlar hayotini yaxşilaş, muammolarini hal etiş, iqtisodiy mustaqilligini taʼminlaş va jamiyatda öz örniga ega bölişiga kömaklaşuvçi muhim tizimdir. Uning yangi tartibida har bir ayolning muammolariga alohida yondaşiş, qöllab-quvvatlaş, öz kuçiga işonç uyğotiş va mustaqil hayot keçirişi uçun imkoniyat yaratişdir. Zero, iqtisodiy jihatdan mustaqil, huquqiy savodxon va ruhan qöllab-quvvatlangan ayol — oila gultoji, jamiyat körki.

Risolat MADIYEVA,

“Yangi Özbekiston” muxbiri