Bu haqda vazirlik matbuot xizmati maʼlum qildi.

Unga koʻra, quyidagi toifadagi fuqarolar uchun bazaviy va tabaqalashtirilgan kontrakt mablagʻlarini toʻlashning soʻnggi muddati 2026 yil 10 iyungacha (shu kuni ham) belgilandi:

  • bakalavriat va magistraturada darslarda qatnashib, yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan talabalar;
  • oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar.

Mazkur talabalar bir yillik oʻqitish qiymatining 100 foizini toʻlagan holda talaballikka qabul qilish jarayonini rasmiylashtirishi mumkin.

Eslatib oʻtilishicha, amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talaballari uchun kontrakt toʻlovi muddati oliy taʼlim muassasasi rahbari qarori bilan uzaytirilishi mumkin.