Bu masala Migratsiya agentligi direktori Muhsinhoʻja Abdurahmonov va Belarus Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor Elchisi Aleksandr Ogorodnikov oʻrtasidagi uchrashuvda muhokama qilindi.

Maʻlum qilinishicha, Andijon viloyatidan taqdim etilgan nomzodlarning hujjatlari oʻrganilib, hozirga qadar 204 nafar nomzoddan iborat roʻyxat shakllantirilgan. Tanlovda Oʻzbekistonning barcha hududlaridan talabgorlar ishtirok etishi mumkin.

Belarusdagi boʻsh ish oʻrinlari asosan chorvachilik, traktorchilik, haydovchilik va yordamchi ishlar yoʻnalishlarida taklif etilmoqda.

Nomzodlarning hujjatlari va kasbiy koʻnikmalari dastlabki bosqichda tekshiriladi. Yakuniy tanlov esa Belarus ish beruvchilari bilan onlayn suhbat orqali oʻtkaziladi.

Uchrashuvda, shuningdek, fuqarolarning yoʻl xarajatlarini ish beruvchilar tomonidan oldindan qoplash imkoniyatini oʻrganish taklif etildi.