Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar organlari tomonidan monitoring va dastlabki surishtiruv ishlari olib borildi.

Aniqlanishicha, voqea 2025-yil dekabr oyida tumanning Yangiqoʻrgʻon mahallasida joylashgan mehmonxonalardan birida sodir boʻlgan.

Qayd etilishicha, ushbu holat boʻyicha shu vaqtgacha ichki ishlar organlariga hech qanday murojaat kelib tushmagan.

Videoda aks etgan shaxs — 1993-yilda tugʻilgan M.Sh.ning xatti-harakatlari yuzasidan hududiy IIB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Hozirda qonuniy qaror qabul qilish uchun materiallar sudga yuborilgan.

Yakuniy natijalar boʻyicha jamoatchilikka qoʻshimcha maʼlumot berilishi kutilmoqda.