Uçraşuvda siyosiy-diplomatik muloqotni yanada çuqurlaştiriş, transport-logistika yölaklarini diversifikatsiya qiliş, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytiriş, şuningdek, sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, tarmoqlararo hamkorlik istiqbollari, jumladan, qişloq xöjaligi, töqimaçilik va kimyo sanoati, energetika hamda elektrotexnika sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlari işbilarmon doiralari hamda hududlari örtasidagi töğridan-töğri aloqalarni mustahkamlaş masalalarini muhokama qilindi.
Hamkorlikning muhim yönalişlari sifatida turistik yönalişlarni rivojlantiriş, xalqlarimiz örtasidagi tarixiy-madaniy aloqalarni çuqurlaştiriş va Buyuk ipak yöli merosi salohiyatidan samarali foydalanişni qayd etildi.
"Özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş, mintaqalararo şeriklikni rivojlantiriş va boğliqlikni mustahkamlaş borasidagi birgalikdagi işlarni davom ettirişga tayyorligimizni tasdiqladik", dedi Baxtiyor Saidov.