“Pravda Vostoka” gazetasi O'zbekistondagi eng keksa ijtimoiy-siyosiy nashr sanaladi.
Gazeta 1917 yil 2 apreldan “Nasha gazeta” nomi bilan chop etila boshlangan. 1924 yildan “Pravda Vostoka” deya nomlangan gazeta 1975 yildan buyon har kuni nashr etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 3 yanvardagi qarori bilan “Pravda Vostoka” gazetasi tahririyati” davlat korxonasi nomi “Yangi O'zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati” davlat korxonasi deb o'zgartirildi hamda ikkala gazeta bitta tahririyatga birlashdi.
Bugun gazetaning 30 mingdan ortiq (30100)-soni o'quvchilar qo'liga etib bordi.
Gazeta o'tgan yillar davomida mamlakatimizda bo'layotgan voqea-hodisalarni o'z o'quvchilariga uzluksiz etkazib berayotgan nashr bo'lib, bugun mediakonvergentsiya asosida zamonaviy sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali butun dunyoga axborot tarqatmoqda.
“Pravda Vostoka” gazetasining 106 yillik yubiley bayrami bilan Tahririyat jamoasini, shu gazetada mehnat qilgan ustoz jurnalistlarni, faxriy hamkasblarimizni muborakbod etib, birlashgan Tahririyat jamoasiga kuch-quvvat, ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bugun “Pravda Vostoka” gazetasi 106 yoshga to'ldi
Gazeta 1917 yil 2 apreldan “Nasha gazeta” nomi bilan chop etila boshlangan.
Markaziy bank oktyabr oyida 8 ta kredit taşkilotiga jarima qölladi
- Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida Özbekiston milliy pavilyoniga taşrif buyurdi
- Çilonzor tumanida aliment tölamagan 9 nafar şaxs 15 sutkaga qamaldi
- Saida Mirziyoyeva Fransiya Prezidenti bilan uçraşdi
- Toşkent xalqaro aeroportida UzIMEI mutaxassislarining doimiy faoliyat yuritişi yölga qöyildi
- Oʻzbekiston Prezidenti BMTTD Administratori bilan uchrashuv oʻtkazdi
Hafta davomida mamlakatimizning qator hududlarida yomğir yoğadi
- Özbek alifbosidagi 4 ta harf özgardi: hujjatlarni almaştiriş şart emas
- Bu – tarixiy ko'rsatkich!
- Har bir shifokor va hamshiraning oyligi KPIga bogʻlanadi
- Özbekistonda ob-havo keskin özgaradi: yomğir, qor va sovuq kutilmoqda
- Olimlar Yerni sovutiş uçun kosmosga quyoşdan himoya qiluvçi vositani joylaştirişni taklif qilişdi