“Pravda Vostoka” gazetasi O'zbekistondagi eng keksa ijtimoiy-siyosiy nashr sanaladi.
Gazeta 1917 yil 2 apreldan “Nasha gazeta” nomi bilan chop etila boshlangan. 1924 yildan “Pravda Vostoka” deya nomlangan gazeta 1975 yildan buyon har kuni nashr etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 3 yanvardagi qarori bilan “Pravda Vostoka” gazetasi tahririyati” davlat korxonasi nomi “Yangi O'zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati” davlat korxonasi deb o'zgartirildi hamda ikkala gazeta bitta tahririyatga birlashdi.
Bugun gazetaning 30 mingdan ortiq (30100)-soni o'quvchilar qo'liga etib bordi.
Gazeta o'tgan yillar davomida mamlakatimizda bo'layotgan voqea-hodisalarni o'z o'quvchilariga uzluksiz etkazib berayotgan nashr bo'lib, bugun mediakonvergentsiya asosida zamonaviy sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali butun dunyoga axborot tarqatmoqda.
“Pravda Vostoka” gazetasining 106 yillik yubiley bayrami bilan Tahririyat jamoasini, shu gazetada mehnat qilgan ustoz jurnalistlarni, faxriy hamkasblarimizni muborakbod etib, birlashgan Tahririyat jamoasiga kuch-quvvat, ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bugun “Pravda Vostoka” gazetasi 106 yoshga to'ldi
Gazeta 1917 yil 2 apreldan “Nasha gazeta” nomi bilan chop etila boshlangan.
Mirobodda 10 ming tupdan ortiq gul ko‘chatlari ekildi
- Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari suv-motor sporti bo‘yicha chempionatning ochilishida ishtirok etdilar
- O‘zbekiston 2027-yilda futbol bo‘yicha U-17 Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi
- Hurmat, tartib va mas’uliyat kundalik odatga aylangandagina qadriyat hisoblanadi
- Ijro intizomi orqali ta’minlanayotgan ustuvor natijalar
- Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar 143,8 mlrd soʻm soliq toʻlagan
Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- Bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq yakunlanadi
- Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi
- Pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi
- Mahalla odamlar uchun ishonch, tayanch va imkoniyatlar markaziga aylanishi zarur
- Madaniyat va sanʼat sohasidagi ustuvor loyihalar taqdimot qilindi