Tumanning “Kamarsada” MFYda joylashgan fuqaro R.Q. ga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida xatlov o‘tkazilganda, loyiha-texnik hujjatlarisiz tabiiy gaz tarmog‘iga eskirgan hisoblagich orqali ulangan holda “zangori yoqilg‘i”dan foydalanayotgani aniqlandi. Holat yuzasidan 1 milliard 990 million so‘mlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi.

Mazkur tumandagi yana bir umumiy ovqatlanish maskanida xuddi shunday noqonuniy holat qayd etildi. Fuqaro B.A. ga tegishli maskanda ta’minot korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan tabiiy gazdan foydalanib kelinayotgan ma’lum bo‘ldi. Iste’molchi tomonidan 3 milliard 390 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Holatlarga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi.