“Toshkent metropoliteni” maʼlumotiga koʻra, loyiha doirasida bekatning kirish va chiqish qismlari kengaytiriladi.
Shuningdek, keksa yoshdagilar, nogironligi boʻlgan shaxslar va bolalar aravachasi bilan harakatlanuvchi ota-onalar uchun 4 ta zamonaviy katta sigʻimli lift oʻrnatiladi.
Bundan tashqari, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida qoʻshimcha 12 ta turniket oʻrnatish rejalashtirilgan.
Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida rekonstruksiya davrida “Chinor” va “Yangihayot” metro bekatlari oʻrtasida maxsus metrobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.
Metropoliten maʼmuriyati mazkur ishlar metro infratuzilmasini takomillashtirish va yoʻlovchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga qaratilganini maʼlum qildi.