Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, vazirlikning tegishli buyrugʻi bilan Davlat tibbiyot muassasalarida besh kunlik ish haftasini tashkil etishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi.
Unga koʻra 2026-yil 1-apreldan:
- tibbiyot xodimlari uchun haftalik ish vaqti 36 soatdan oshmaydi;
- zararli va xavfli sharoitlarda ishlovchilar uchun qisqartirilgan ish vaqti qoʻllaniladi;
- yuqori ruhiy va aqliy zoʻriqishli ishlar uchun ham 36 soatdan oshmaydi;
- tibbiyot xodimlari boʻlmaganlar uchun ish vaqti 40 soatni tashkil etadi.
Poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlarida ish vaqti:
- dushanba–juma: 08:00–20:00;
- shanba: 08:00–14:00 (navbatchilik).
Sogʻliqni saqlashning yangi modeli joriy etilgan hududlarda:
- asosiy ish vaqti: 08:00–16:00;
- qoʻshimcha navbatchilik: 16:00–20:00.
Navbatchilik vazirlikning 254-son buyrugʻi asosida amalga oshiriladi. Ish haqi saqlanadi, kamaytirilmaydi. Ichki hujjatlar va mehnat shartnomalari qayta rasmiylashtiriladi.
Statsionarlarda navbatchilik doimiy tashkil etiladi. Smena va navbatchilik adolatli taqsimlanadi.