Choʻllanishga qarshi kurashish, tanazzulga uchragan yerlarni tiklash va iqlim oʻzgarishi oqibatlarini bartaraf etish sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Samarali hamkorlik doirasida soʻnggi besh yil davomida 15 ta qoʻshma loyiha amalga oshirilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Orolboʻyi hududida ekologik muvozanatni tiklash, oʻrmonlar maydonini kengaytirish va qurgʻoqchil ekotizimlar barqarorligini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uglerod yutilishini hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirish va karbon moliyasi mablagʻlarini jalb etish muhimligi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida choʻllanishga qarshi kurashish va ekologik barqarorlikni taʼminlash sohalarida sheriklikni yanada mustahkamlash hamda qoʻshma tashabbuslarni ilgari surish yuzasidan kelishuvga erishildi.