Prezidentimizning qatʼiy siyosiy irodasi, saʼy-harakati bilan nafaqat mamlakatimiz, balki Markaziy Osiyo mintaqasida tinçlik, döstlik, hamkorlik hukm surmoqda. “Yangi Özbekiston — yangi qöşniçilik” tamoyili izçil hayotga tatbiq etilyapti. Bu Markaziy Osiyoda real siyosiy jarayonga aylanganini bugun dunyo tan olmoqda. Jahonning nufuzli taşkilotlari, davlatlar rahbarlari, siyosiy tahlilçilar mamlakatimiz yetakçisini mintaqaviy barqarorlik meʼmori sifatida eʼtirof etyapti.

Bundan 10-15 yil ilgari Markaziy Osiyo davlatlari tarqoq, iqtisodiyoti zaif, turli xavf-xatarlar röparasida bir-biri bilan kelişolmaydigan, yirik davlatlar geosiyosati va manfaatlari töqnaşuvi obyektiga deyarli aylanib bölgandi.

Bugun esa dunyo ahlining havasi kelayotgan, iqtisodiyotida integratsiyalaşuv jarayonlari faol davom etayotgan, adabiyot, sanʼat, madaniyat, turizm, logistika barqaror rivojlanayotgan mintaqani köryapmiz. Birdamlik, yaxşi qöşniçilik, zamonaviy taraqqiyot sari intilayotgan Markaziy Osiyo dunyo ahli eʼtiborini turli jihatlari bilan jalb etmoqda.

Bugun Toşkent şahriga “Markaziy Osiyo yuragi” deb nisbat beradilar. Siyosatşunoslikda köp qöllanayotgan, odamlar ongiga singib borayotgan “Yangi Özbekiston”, “Markaziy Osiyo ruhi”, “Yaxşi qöşniçilik” singari atamalar ham aynan Prezidentimizning şijoati, dadil qadamlari va ezgu maqsadlari natijasida real hodisaga aylandi.

Bu ulkan özgarişlarni bir tarixçi-jurnalist sifatida katta iştiyoq va izçillik bilan kuzatib boraman, bu haqdagi köplab maqola va şarhlarim matbuotda eʼlon qilingan.

Yaqinda davlatimiz rahbarining teran tahlil va dalillarga boy “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” maqolasini qaytadan öqib çiqdim. Unda mintaqa öz taraqqiyoti tarixida yangi bosqiç, buyuk evrilişlar davrini boşidan keçirayotgani va bu özgarişlar, eng avvalo, şu makonda yaşayotgan har bir insonning xavfsizligi va farovon hayotini taʼminlaş kabi ezgu maqsadlarga xizmat qilayotgani qayd etilgan. Bu özgarişlar davlatlar rahbarlarining özaro hurmat va işonç ila yuritayotgan siyosati tufayli yuz berayotgani aytilgan.

Yaratuvçanlik, jipslaşuv jarayoni uzoq muddatlarga möljallangani, hozirgi bosqiçda esa hal qilinişi zarur bölgan öta muhim vazifalarni bajariş lozimligi aniq misollar bilan bayon etilgan. Uşbu maqola mintaqamiz aholisi hamda boşqa mamlakatlar uçun turli tillarga tarjima qilinsa, nur ustiga nur bölardi.

Ha, mazkur tarixiy maqola deboçasida qayd etilganidek: “Markaziy Osiyo öz taraqqiyotining yangi, tarixiy ahamiyatga molik bosqiçiga qadam qöymoqda. Bugun biz çinakam birdamlik bosqiçiga ötyapmiz. Bizning mintaqamizda uzoq yillar davomida ilk bor birgalikda oldinga qarab borişimiz uçun poydevor bölib xizmat qilayotgan özaro işonç, yaxşi qöşniçilik va hurmat muhiti şakllanmoqda”.

Mamlakatimiz yetakçisi maqola davomida yana yozadi: “Amaliy harakatlarimiz, kelajak uçun masʼuliyatimiz, yaxşi qöşniçilik, döstlik va özaro manfaat tamoyillariga sodiqligimiz şuni isbotladi: Yangi Markaziy Osiyo tinçlik, barqaror taraqqiyot va yaratuvçan şeriklik yölini tanlamoqda. Ramziy maʼnoda aytganda, biz devor emas, köprik barpo etmoqdamiz”.

Bugungi yoş avlod yaqin ötmişda mintaqamiz davlatlari örtasidagi aloqalar muzlab qolganini, tarixi muştarak bölgan qardoş, qondoş xalqlar bir-biridan begonalaşib, uzoqlaşib ketganini, dahşatli temir devorga aylangan çegaralarda odamlar azob-uqubatlar çekkanini, tahqirlanganini, xayriyatki, bilmaydi. Ammo bugungi ­dorilamon kunlar qadriga yetişimiz, uni köz qoraçiğidek asrab-avaylaşimiz uçun, alamli bölsa-da, öşa maşʼum yillarni gohida esga olib turişimiz lozim. Zero, tarix har birimizni sergak bölişga, işonç bilan qadam taşlaşga, turmuşimizni yanada farovon qilişga saboq böladi. Boşqaça aytganda, tarix buyuk murabbiydir!

Men Tojikistonda tuğilib, voyaga yetganman. 1981-yildan buyon esa Özbekistonda yaşayman, şu buyuk davlat fuqarosiman. 1980-yili Duşanbe universitetini imtiyozli diplom bilan tugatdim. Afğonistondagi fojiaviy voqealar sabab Toşkentga harbiy xizmatga çaqirildim. Ikki yil maʼnosiz “baynalmilal burç”ni ado etib, Şarq darvozasi va tinçlik şahri nomi bilan maşhur bölgan bu azim şaharda oilam bilan yaşab qoldim. Uyli-joyli böldim. Uç farzandim Özbekistonning nufuzli oliy öquv yurtlarida davlat byudjeti hisobidan tahsil olib, turli kasblarni egalladi.

Yaqin ötmişni esga oladigan bölsak, oilamizning moddiy ahvoli unçalik yomon emasdi, faqat yillar davomida yaqinlarimiz diydoriga ilhaq bölib yaşadik, ota-ona qabrini ziyorat qiliş esa faqat tuşimizga kirardi. Döstlar, yaqinlar diydoriga muştoq bölib yaşaş naqadar azob-uqubat, ayançli ekanini tuşuntiriş qiyin.

Katta akam oğir kasallik tufayli ikki yil töşakda yotib qoldi. Telefonda gaplaşib hol-ahvol sörayman, lekin heç bölmasa töşakdan bir bora turişiga yordam bera olmayman. Ikki tomonda ikkimiz yiğlaymiz. Ammo dodimizni eşitadigan, könglimizni kötaradigan, taskin beradigan odam yöq. Temir eşiklar — çegaralar taqa-taq yopilgan. Akam vafot etganda, tobutini kötariş, qabriga bir siqim tuproq taşlaş nasib etmadi. Diydor qiyomatga qoldi...

2018-yil bahorini men kabi ming-minglab fuqarolar heç qaçon unutmaydi. Mamlakatimiz yetakçisining Tojikistonga ilk tarixiy taşrifi arafasida fuqarolar uçun ikki mamlakat örtasidagi tösiqlar olib taşlandi, viza bekor qilindi. Tarixçi jurnalist sifatida aytişim kerakki, bu voqea mintaqa xalqlari tarixida çinakam insonparvarlik amali sifatida tarixda qoldi. Ikki davlat çegarasida minglab insonlar qöl oçib davlatimiz rahbari haqiga duo qilganini körganimda, rahbarning siyosiy irodasi, uzoqni közlab qarorlar qabul qilişi ellar, davlatlar taqdiri uçun hal qiluvçi omil ekaniga yana bir bor amin böldim.

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Duşanbe şahridagi Borbad saroyida bölib ötgan “Döstlik keçasi”da Tojikiston yetakçisi Emomali Rahmonga ramziy oçiq darvoza maketini topşirayotib, “Bu darvoza xalqlarimiz uçun heç qaçon yopilmasin”, deb niyat qilgan edi.

Mazkur taşrif çoğida nafaqat viza masalasi, balki hamkorlik aloqalarini rivojlantirişga qaratilgan 30 ga yaqin hujjat imzolandi va bu hujjatlar, mana, qariyb 8 yildirki, amalga tatbiq etilib, mevasini bermoqda. Bugungi kunda Özbekiston va Tojikistonda iqtisodiyot, madaniyat, ilm-fan, xullas, hayotning qaysi sohasini olmang, ikki davlat hamkorligi kengayib borayotganiga guvoh bölamiz.

Mamlakatimiz yetakçisining quyidagi sözlari yodimda muhrlanib qolgan: “Biz özbek va tojik xalqlari örtasidagi döstlik köprigini mustahkamlaş böyiça astoydil harakat boşladik. Niyatimiz yor bölib, ezgu maqsadlarimizga erişamiz, inşaalloh. Biz döstlik va insoniylik nuqtai nazaridan qöşnilarimiz, avvalo, Tojikiston bilan hamişa döst va birodar, hamkor va hamjihat bölamiz”. Bu ezgu niyat izçillik bilan amalga tatbiq etilayotgani xalqlarimizning hayotidan mamnun, taqdiridan rozi bölib, kelajakka işonç bilan qarayotganida tasdiğini topmoqda.

Öşa yilning 17-18-avgust kunlari Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon davlat taşrifi bilan Toşkentga keldi. Qisqa vaqtda ikki tomonlama munosabatlar avval strategik şeriklik, keyin ittifoqçilik darajasiga kötarildi.

2025-yil köklamida Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston rahbarlari iştirokida Xöjand şahrida uç davlatning çegaralari tutaşgan nuqtada “Döstlik” stelasi oçildi, “Abadiy döstlik töğrisida”gi Xöjand deklaratsiyasi imzolandi. Yaʼni çegara masalalari uzil-kesil hal etildi. Tojikiston — Qirğiziston çegarasida uzoq yillar davom etib kelgan mojaro, qurolli töqnaşuvlarga butunlay barham berildi. Bu tarixiy voqea arafasida, aniqroği, 13-mart kuni Qirğiziston va Tojikiston rahbarlari mamlakatlar örtasidagi davlat çegarasi töğrisidagi şartnomani imzoladi. Bu voqeani nafaqat tojiklar va qirğizlar, balki butun mintaqa xalqlari köp yillardan buyon kutgan edi.

Şuningdek, keyinçalik Farğona tinçlik forumi taşkil etildi. Bu forum vodiyda joylaşgan uç qöşni mamlakatning har tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş uçun öziga xos platformaga, yaxşi qöşniçilikning yorqin namunasiga aylandi. Yaqinda bölib ötgan ikkinçi tinçlik forumiga Xöjand şahri mezbonlik qildi.

Işonçimiz komilki, transport va logistika sohasidagi istiqbolli hamkorlik, xususan, “Xitoy — Qirğiziston — Özbekiston” temir yöli bunyod etilişi, şak-şubhasiz, butun mintaqa mamlakatlari taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Prezidentimizning yuqoridagi maqolasida taʼkidlab ötilganidek: “Eng muhimi, qardoş xalqlarimiz bölayotgan barça ijobiy özgarişlarni öz kundalik hayotida his etmoqda. Yangi ötkaziş punktlari oçilgani, aviaqatnovlar, temir yöl va avtobuslar yönalişlari yölga qöyilgani özaro berdi-keldilarni bir neça bor oşiriş, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytiriş imkonini berdi. Mintaqa mamlakatlarining umumiy sayyohlik oqimida içki mintaqaviy turizmning uluşi 80 foizdan oşdi.

Yaqin-yaqingaça orzu bölib tuyulgan erkin harakatlaniş, özaro hurmat, yaqinlik va işonç tuyğusi bugun amaldagi haqiqatga aylanmoqda”.

Iqtisodiy aloqalar rivoji bugun barça qardoş va birodar xalqlar turmuş tarziga, farovonligiga ijobiy taʼsirini körsatmoqda. Jumladan, Özbekiston — Tojikiston örtasidagi iliq va döstona munosabatlar tufayli ikki mamlakat tadbirkorlari erkin nafas olmoqda.

Qöşni viloyatlar hamkorligiga alohida eʼtibor qaratilyapti. Farğona vodiysidagi viloyatlar, şuningdek, Toşkent viloyati Tojikistonning Söğd viloyati bilan köp tomonlama hamkorlik böyiça memorandumlar imzolagan. Ayni paytda Xatlon va Surxondaryo viloyatlari örtasida yaqin hamkorlik yölga qöyilib, mahalliy tadbirkorlar ulkan loyihalarni amalga oşirmoqda.

Bugungi kunda Tojikistonda Özbekiston tadbirkorlari sarmoyasi asosida köplab sanoat korxonalari, energetika inşootlari bunyod etilmoqda. Bularning samarasi ölaroq, ikki davlat örtasidagi savdo aylanmasi 2016-yildagidan qariyb 4 barobar ösib, 2025-yil yakunida 900 million dollarni taşkil etdi. Bu körsatkiçni joriy yilda 1 milliard dollarga yetkaziş imkoniyati mavjud.

Turizm imkoniyatlari töliq işga solinmoqda. Özbekiston Milliy statistika qömitasi maʼlumotiga köra, 2026-yilning yanvar-sentyabr oylari mobaynida mamlakatimizga 10 million 306 ming 786 çet ellik sayyoh taşrif buyurgan. Ularning 2 million 844 ming 201 nafari Qirğiziston, 2 million 274 ming 288 tasi Tojikiston va 2 million 404 ming 638 nafari Qozoğiston fuqarolari. Ötgan yili 1 million 200 mingdan ziyod özbekistonlik Tojikistonga safar qilgan.

Samarqandda Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qilayotganimizda Panjakent şahridan taşrif buyurgan bir guruh mehmonlar bilan suhbatda böldik. Ular bu majmuani körib hayratga tuşişganini yaşirmadi, majmua haqiqatan ham juda ajoyib diniy-maʼrifiy maskanga aylanganini taʼkidlaşdi. Endi Toşkentga borib, Islom sivilizatsiyasi markazini ham köriş istagida ekanini bayon etişdi.

Toşkent xalqaro aeroporti bugungi kunda mintaqadagi asosiy havo xabiga aylangan. Haftasida minglab tojikistonlik yölovçilar bu yerdagi mavjud imkoniyatlar, yuqori darajadagi xizmatlardan foydalanib, ­dunyoning turli göşalariga parvozni amalga oşiryapti.

Rivojlangan tibbiyotimiz xodimlari ham qöşni mamlakatlardan kelgan minglab bemorlarga zamon va jahon talablariga mos barça tibbiy muolajalar, xususan, jarrohlik xizmatlarini körsatib kelmoqda. Olti yil burun singlim Malohat Toşkent davlat tibbiyot akademiyasi huzuridagi neyroxirurgiya markazida umurtqa sohasida murakkab jarrohlik amaliyotini ötkazgan edi. Bugun ahvoli yaxşi, özbekistonlik şifokorlardan çeksiz minnatdor.

Gumanitar sohadagi aloqalarimiz misli körilmagan holda kengaymoqda. Ikki mamlakatning ijodiy uyuşmalari, sportçilari, oliy öquv yurtlari örtasidagi yaqin hamkorlik anʼanaviy tus olgan. Bugungi kunda tojikistonlik 10 ga yaqin adib Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasiga aʼzolikka qabul qilingan, yurtimizda tojik tilida ijod qilayotganlar esa Tojikiston Yozuvçilar ittifoqiga aʼzo.

Özbek sanʼatkorlaridan tört nafari Tojikiston xalq hofizi, bir nafari Tojikiston xalq artisti, Tojikistonning olti sanʼatkori Özbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bölgan. Toşkentda Mavlono Abdurahmon Jomiy, Mirzo Tursunzodaning, Duşanbeda esa Hazrat Alişer Navoiy, Erkin Vohidovning tuğilgan kunlari katta şukuhlar bilan nişonlangani ikki birodar xalqlarning adabiy döstligi abadiy döstlikka aylanganidan dalolatdir.

Sanʼatimizda öxşaş jihatlar juda köp. Özbekiston va Tojikiston xalq artisti Matluba Dadaboyeva Duşanbe şahriga borib, T.Sattorov nomidagi Milliy konservatoriyada xalqlarimizning noyob musiqa sanʼati — “Şaşmaqom” sirlarini uşbu dargoh talabalariga örgatib keldi.

— Ajdodlarimiz bu mintaqani yagona vatan deb yelkama-yelka turib, şaharlar, madrasayu masjidlar, karvonsaroylar bunyod etganlar, birga bosqinçilarga qarşi kuraşganlar, — deydi atoqli hofiz, 60 yildan buyon xalqimiz uçun ham sevimli sanʼatkor bölib kelayotgan Tojikiston xalq artisti Jörabek Murodov. — Orada aloqalarimiz uzilgani, eng avvalo, biz sanʼatkorlarning taʼbini xira qildi. Şu yillarda özbek muxlislarimizni soğinib yaşadik. Hozir men Toşkent, Farğona yoki Surxondaryoga mehmon emas, özimning uyimdek kelaman. Sanʼatkor uçun, eng avvalo, nima kerak? Sahna, obod manzilu makon va muxlislar! Bu şodiyona kunlarimizga, birligimizga köz tegmasin!

Darvoqe, bir yil avval sevimli hofizimiz rahbarlik qilayotgan “Nuri Xöjand” şaşmaqom davlat ansambli konserti Toşkentda, Yunus Rajabiy nomidagi Özbek milliy musiqa sanʼati institutida tantanali taşkil etildi.

Mintaqamizning fayzli, farahbaxş manzaralarini, xalqlarning tinçlik-osuda hayotini kuzatib turib buyuk Alişer Navoiyning:

Olam ahli, bilingizkim, iş emas duşmanliğ,

Yor ölung bir-biringizgaki, erur yorliğ iş,

degan hikmatli bayti beixtiyor yodimizga keladi. Yoki Abu Abdulloh Rödakiy yozganidek:

Heç şodi nest andar in jahon,

Bartar az diydori röyi döston.

Yaʼni: Jahonning şodligi yiğilsa butun,

Döstlar diydoridan bölolmas ustun.

Tarixdan bilamizki, köpriklar, maqbaralar, yöllar bunyod etgan Amir Temur, Alişer Navoiy, Xoja Ahror Valiydek buyuk siymolarning nomlari xalq xotirasida abadiy qolgan, ularning ismlari ezgulik timsoli sifatida tilga olinadi.

Albatta, köprik moddiy narsa, sohillarni birlaştiruvçi vosita. Bugun Prezidentimiz tomonidan ezgu maqsadlar ila bunyod etilgan ramziy maʼnodagi döstlik köpriklari nafaqat özbek-tojik, balki butun mintaqa xalqlarining qardoşlik riştalarini mustahkamlamoqda, hayotlariga mazmun, fayz bağişlamoqda. Bu xayrli amallar esa tarix zarvaraqlarida eng buyuk savobli amallar sifatida yoziladi.

Mintaqamiz hamişa tinç bölsin, rivojlansin, qardoşlarimiz örtasida döstlik köpriklari mustahkamlanib boraversin!

Şoqahhor SALIM,

Özbekiston jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi,

“Döstlik” ordeni sohibi