Musobaqaning hal qiluvchi bahslari 17–22-avgust kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadi.

Joriy yilda yurtimizning barcha tuman, shahar va viloyatlarida yoshlar oʻrtasida futbol va mini-futbol boʻyicha DXX kubogi musobaqasi oltinchi bor oʻtkazilmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻgʻil bolalar oʻrtasida futbol va mini-futbol, qizlar oʻrtasida esa mini-futbol boʻyicha musobaqalar uch bosqichda tashkil etilmoqda.

Bugun poytaxtda ishtirokchi jamoalar vakillari, tashkilotchilar hamda futbol mutasaddilari ishtirokida musobaqaning Respublika bosqichiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Qurʼa natijalariga koʻra, jamoalar 17–22-avgust kunlari “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida oʻzaro bahs olib boradi.

Musobaqaning final uchrashuvi 22-avgust kuni “JAR” stadionida oʻtkaziladi.