Murojaat zudlik bilan o‘rganilib, fuqaro konsulxonaga chaqirildi va u bilan suhbat o‘tkazildi. Shundan so‘ng uning yaqinlari bilan bog‘lanib, doimiy yashash joyiga xavfsiz qaytarish choralari ko‘rildi.

Bosh konsulxona ko‘magida hamyurtimiz uchun Yekaterinburg–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptа xarid qilinib, uning O‘zbekistonga qaytishi ta’minlandi.

Bosh konsulxona xorijda og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur konsullik yordamni ko‘rsatish va ularning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish ishlarini izchil davom ettirmoqda.