Akademiya yosh sportchilarni tayyorlash, murabbiylik maktabini rivojlantirish hamda jahon darajasidagi yetakchi mutaxassislar bilan tajriba almashishni maqsad qiladi. Loyiha tafsilotlari, akademiyaning ehtimoliy joylashuvi va hamkorlikning aniq shakli uning mamlakatga safari davomida muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Issiqko‘lda E. Xolifildning sport karyerasiga bag‘ishlangan yangi hujjatli film epizodlari suratga olinadi.
Sobiq mutlaq jahon chempioni 3 iyulda poytaxtda bo‘lib o‘tadigan yirik xalqaro boks turniriga faxriy mehmon sifatida yetib keladi.
Boks kechasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Rossiya, Tailand va Kuba vakillari ishtirok etadi. Tomoshabinlar sakkizta professional jangni, jumladan, ikki titulli jangni ham kuzatadilar.
Faxriy mehmonlar orasida shuningdek Olimpiya o‘yinlari bronza medal sovrindori, WBA va WBO xalqaro titullari egasi qazoqistonlik Qanat Islam, o‘zbekistonlik Olimpiya chempioni Muxammadqodir Abdullayev hamda Olimpiya chempioni va sobiq WBA jahon chempioni Aleksandr Povetkin ham bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi Kazinform.