Matbuot anjumanida, viloyatimizda faoliyat olib boruvchi jurnalist, bloger hamda boshqarmalarning axborot xizmati rahbarlari ishtirok etdi.

Dastavval, oliygoh rektori R.Tojiyev mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanadigan 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan anjumanda ishtirokchilariga universitet bilan olib borilayotgan hamkorlik uchun minnatdorchiligini izhor qilib, bayram bilan samimiy tabrikladi.

Shundan so‘ng, universitet qabul komissiyasi mas’ul kotib Azizxon Xodjayev “2026/2027-o‘quv yili uchun universitetda ochilgan yangi yo‘nalishlar va kvotalar haqida” mavzusida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, yangi o‘quv yili qabulini samarali, shaffof hamda adolatli tashkil etish maqsadida, qabul komissiyasi tuzildi. Ushbu komissiyaga institutning salohiyatli xodimlari biriktirildi. Shuningdek, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga tezkor javoblar berilishini ta’minlash, murojaatlar bilan muntazam ishlash maqsadida, “Call center” va “Maslahat markazi” tashkil etilgan. Ushbu markazlarga oliygohimizning salohiyatli va mas’uliyatli 20 dan ortiq xodimlari biriktirilgan.

Anjuman yakunida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldi. Shundan so‘ng, jurnalistlar oliygohda Qabul jarayonlarida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va universitetda jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishishdi.

Universitetdagi Sun’iy intellekt laboratoriyasi va ARM, Masofaviy ta’lim uchun tashkillangan xona va “Airoinjinering" texnoparki faoliyati bilan tanishish uchun press-tur tashkil etildi.

“Airoinjinering" texnoparki qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash maqsadida tashkil etilmoqda. Texnopark zamonaviy agrotexnologiyalarni sinovdan o‘tkazish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish va yangi texnologik yechimlarni ishlab chiqish uchun muhim platforma vazifasini bajaradi. Shuningdek, u talaba-yoshlar, tadqiqotchilar va mutaxassislarning amaliy bilim hamda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Loyiha doirasida zamonaviy infratuzilma, ilmiy laboratoriyalar, tajriba maydonlari va innovatsion faoliyat uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish ko‘zda tutilgan. Texnopark faoliyati qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan.

“Airoinjinering" texnoparki qurilish ishlari 2025-yil oktabr oyidan boshlangan bo‘lib, kelgusida hududning ilmiy va innovatsion salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.