Islom Madaminov 1992 yilda Fargʻona shahrida tugʻilgan. U Fargʻona politechnika instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining Biznes va boshqaruv oliy maktabi hamda Latviyaning «ISMA» menejment oliy maktabini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Rishton tumani hokimining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi, Oʻzbekistonning Qirgʻiz Respublikasidagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida investitsiya menejeri (boshqarma boshligʻi) sifatida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar Oʻzbekistonning Saudiya Arabistoni Podshohligidagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.